O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 23 iyuldagi buyrug‘iga asosan Mullojanov Abduqahhor Fayzulloyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Mullajonov 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan shu vaqtgacha Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan.