Samarqanddagi alohida saqlash sharoitlari, tarbiya va ta’limga muhtoj o‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan 64-ixtisoslashgan maktab tarbiyachilari va rahbarlari tarbiyachilarni kaltaklab kelmoqda. Bu haqda jabrlanuvchilardan biri Muhabbat Mirzayev «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab xodimlari, direktor va uning o‘rinbosari tizimli ravishda bolalarni kaltaklab, jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazib, dars va mashg‘ulotlar o‘tkazmasdan, bolalarni og‘ir jismoniy mehnatga jalb qilmoqda, yomon ovqatlantirib, tez-tez ularni och qoldirmoqda.

O‘zbekistonda yagona bo‘lgan ushbu ixtisoslashgan maktabda og‘ir xulq-atvorga ega, uzoq muddat hisobga turgan, xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan, biroq jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmagan 11−16 yoshdagi voyaga yetmagan bolalar joylashtiriladi. Bu yerga individual profilaktik ishlar olib borilganiga qaramasdan huquqbuzarlik yoki boshqa g‘ayriijtimoiy harakatlarni sodir etishda davom etuvchi bolalar ham keltiriladi. Voyaga yetmaganlar ixtisoslashgan maktabda tuzalishga qadar biroq u yildan ortiq muddat bo‘ladi.

Muhabbat Mirzayevaning ma’lum qilishicha, uning farzandi Elmurod (2006 y. t.) Toshkentning Sergeli tumanidagi 237-maktabdan Samarqanddagi maxsus maktabga tez-tez dars qoldirgani, o‘quv jarayonlari vaqtida o‘qituvchilarga xalal bergani, sinfdoshlari bilan janjallashgani va urishgani uchun keltirilgan.

30 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi o‘smirni bolalar uchun 64-maxsus maktabga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sud qarorida Elmurod to‘rt yil davomida yettita turli maktabda o‘qigani, o‘ta tajovuzkor bo‘lgani, uning ustidan ko‘p miqdordagi shikoyat va arizalar tushgani qayd etiladi.

Aprelda maktab-internatga o‘tkazilganidan so‘ng bola direktor Shuhrat Sadinov va uning tungi smenada tarbiyachi bo‘lib ishlovchi jiyani Sherzod Ochilov tomonidan kaltaklangan, deya tasdiqlamoqda Muhabbat Mirzayeva.

Onaning tan olishicha, uning o‘g‘lining xulq-atvori haqiqatdan ham og‘ir, ammo kuch ishlatish yo‘li bilan tarbiyalash noto‘g‘ri, deb hisoblaydi.

«Bolalar sodir bo‘lgan ishlar haqida nimadir deyishga qo‘rqishadi, ularni qo‘rqitishadi. Sherzod Ochilov o‘g‘limni boshqa bola bilan urishgani uchun kaltaklagan. Direktor uning yuzidagi momataloqni ko‘rgan, uni o‘z xonasiga chaqirgan va kim urganini so‘ragan. O‘g‘lim: „Sherzod aka“, — deb javob bergan. Direktor uni urib, savolni takrorlagan. O‘g‘lim hech narsani tushunmasdan yana Sherzod aka, deb javob bergan. Bu Ochilovning o‘zi kirmaguncha davom etgan va: „Seni bolalar urdi, Sherzod aka emas“, — degan», — deya so‘zlab berdi Muhabbat Mirzayeva.

U kunduzgi smenadagi tarbiyachilardan biri ham kaltaklaganini bilib olgan.

Maxsus maktabdan o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon ishlab kelayotgan tarbiyachi Ra’no Ro‘zmetova (ism-familiya suhbatdoshning iltimosi bilan o‘zgartirildi) Elmurodning onasining so‘zlarini «Gazeta.uz"ga tasdiqladi.

«Avval shunday holatlar bo‘lib turardi, lekin bu yili kaltaklashlar ko‘paydi. Isbotlash qiyin, videoga olib bo‘lmaydi, momataloqlarni rasmga olish qoldi», — deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Elmurod 19 iyunda kaltaklangan. U boladan tilxat olib, uning onasiga ma’lum qilgan. Shundan so‘ng rahbariyat ariza va Ra’no Ro‘zmetovaning suratlari haqida bilib qolib, uni ishdan bo‘shatishga harakat qilgan.

«Ularga agar meni ishdan bo‘shatishsa, hammasini so‘zlab berishimni aytdim. Meni lavozimda saqlab qolishdi. Aniqrog‘i, maktab direktori menga tilxat olishga kechikkani, bir oy o‘tib bo‘lganini va javobgarlikka tortib bo‘lmasligini aytdi», — dedi tarbiyachi.

Bolalar qo‘rqib qolgan va haqiqatni aytishdan juda cho‘chishadi. Komissiya va ishchi guruhlar tekshirgan vaqtda ular hammasi yaxshi, deyishadi. Agarda ularni maktabdan olib chiqib, maktab xodimlari, tarbiyachi va rahbariyat ishtirokisiz yakkama-yakka suhbat qilishsa, ular haqiqatni so‘zlab berishadi, deb hisoblaydi u.

«Kunduzgi smenada bolalarga 20:00 ga qadar qarashadi. Shundan keyin biz smenani tungi guruhga topshiramiz, ular ertalabki 8 gacha qarashadi. Ular bolalar bilan juda qo‘pol muomalada bo‘ladi. Direktor va uning «zam"larini aytmay qo‘yaqolay, hatto psixologlar bolalarni kaltaklashadi. Yaqinda psixologlardan biri bolani shlang bilan kaltaklagan. Unga momataloqni ko‘rsatganimda, hech narsa ko‘rmayapman, bu shunchaki quyoshda qoraygan, dedi», — deydi tarbiyachi.

Ra’no Ro‘zmetova O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonasining samarasiz ishlashidan ham shikoyat qildi. Uning aytishicha, murojaatlar shikoyat qilingan instansiyalarga qayta yuboriladi. «Biz virtual qabulxonaga yozdik, lekin murojaat yana qaytib maktabga keldi. Direktor 20 iyul kuni yig‘ilishda uchta shikoyat olganini ma’lum qildi. Yana qayerga murojaat qilishimiz mumkin?» — deya savol berdi u.

Maktab xodimasining tan olishicha, bolalar tez-tez bir-birlari bilan urishadi, chunki ularning ko‘pchiligi oila tarbiyasini olmagan. «Biz ularni qayta tarbiyalashimiz kerak, biroq bu ularni urishimiz mumkin, degani emas», — deya ta’kidladi u.

Bundan tashqari, tarbiyachi bolalar og‘ir jismoniy mehnatga jalb qilinishini so‘zlab berdi. «Maktabning bir qismini buzdik. Dastlab bolalar qo‘lda katta bolg‘a bilan betonlarni bo‘lakladi. Endi ular temir g‘alvir bilan elab, beton bo‘laklarini qumdan ajratayapti. Qancha chang yutishdi ular?! Keyin temir zambillarda xom ashyoni boshqa joyga tashiydi kichik guruhlar g‘ishtlarni yig‘moqda. Belkuraklarning dastasi yog‘och o‘rniga temirdan», — deya ma’lum qildi Ra’no Ro‘zmetova.

Ixtisoslashgan maktabning sobiq xodimi Marat Baratov (ism va familiya uning iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilgan) 2008 yildan buyon direktor bosimi bilan joriy ariza yozguniga qadar shu yerda ishlagan. U internat xodimlari va rahbariyati bolalarga nisbatan qanday zo‘ravonlik usullari qo‘llanilganini so‘zlab berdi.

Uning ta’kidlashicha, ma’muriyat xodimlari, buxgalterdan tashqari, alkogol ichimliklari iste’mol qilib, keyin tarbiyalanuvchilarga azob berishgan.

«Bolalarni boks qopiga bog‘lab qo‘yib, ularni kaltaklashgan. Men navoiylik Arslon Aslamov va mehribonlik uyidan bo‘lgan yetim bola Aleksey Xaytunning kaltaklanishiga guvoh bo‘lganman. Ular bolalarni bepusht qilish qilish chov qismiga urishdi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nosvoy chekkan bolalarni ovqatdan so‘ng darhol ushbu tamaki mahsulotini yutishga majburlashgan. «Bolalar nosvoy chekishga majbur bo‘lgan, ular shunchaki chekishmagan, kechki ovqatdan keyin uni chaynab, keyin yutib yuborishgan. Bir marta avval nos chekmagan navoiylik Shaxzod Jamolovga adashib ikki pachka nosvoyni yutishga majburlashgan. Kuni bilan qaltirab chiqdi u. hech kim shifokorga xabar bermadi, ularning o‘zlari suqna va boshqa usullar bilan davolashdi», — dedi sobiq xodim.

Marat Baratov, uning fikricha bolalarni kaltaklagan maktab xodimlari nomlarini sanab chiqdi. Ular: direktor Sh. Sadinov, o‘quv ishlari bo‘yicha mudir U.Shukurov, ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari E.Vorisov, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, katta tarbiyachi Zuhriddin, tungi smena tarbiyachisi F.Ro‘ziqulov va tarbiyachi yordamchisi Sh. Ochilov.

U sanab o‘tilgan xodimlar, jumladan ombor mudiri I. Nishonova direktor Sadinovning yaqin do‘stlari yoki qarindoshlari ekanini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Marat Baratov 25 maydan buyon maktabda ikkinchi tushlik bekor qilinib, uch martalik ovqatlanish rejimiga o‘tganini so‘zlab berdi.

Sobiq xodimning tasdiqlashicha, bolalar ur-kaltaklar sababli bolalar tez-tez ta’lim muassasasidan qochib ketadi. Ularni ortga qaytarishgandan keyin o‘z hayotiga nuqta qo‘yishga harakat qiladi.

Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jasur Qo‘chqorov «Gazeta.uz» muxbiri bilan telefon orqali muloqotda barcha aytilganlarni rad etdi. «Unday bo‘lmagan. Bolalar bilan psixologlar ishlaydi, ular hech qanday jismoniy mehnatga jalb qilinmagan. Ular faqat mashg‘ulot va to‘garaklarga borishadi».

Direktor o‘rinbosari maktabda 110 nafar bola ro‘yxatdan o‘tgani, ularning 79 nafari maktabda ekanini ma’lum qildi. «Qolgan bolalar yaxshi xulq-atvori sababli uylariga ta’tilga jo‘natildi», — dedi u.

Jasur Qo‘chqorovning tasdiqlashicha, maktabda bolalar o‘zaro urishib, janjallashib turishini tasdiqladi. «Tajovuzkor bolalar bor, ularni jahli chiqqan vaqtida nazorat qilib bo‘lmaydi, kam ta’minlangan oilalar va mehribonlik uylaridan bolalar bor», — dedi u.

Maktabdan qochgan tarbiyalanuvchilardan biri Bexruzning otasi Bahodir Hamdamov «Gazeta.uz"ga o‘g‘li o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Hozir uning ishi Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

«U nima bo‘lganini aytmadi. Uni ertaga maktabga qaytarib olib boraman, deganimda parkka qochib ketdi va u yerda o‘zini osishga harakat qildi. Uni militsionerlar o‘z vaqtida ko‘rib qolishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bolamni kaltaklashgan, u boshida ochiq chandiq bilan kelgan edi. Bundan tashqari, juda qo‘rqqan, maktabdan qochgani uchun ruhiy bosim o‘tkazilgan, Samarqanddan Kattaqo‘rg‘ongacha yugurib kelgan», — deya aniqlik kiritdi u.

«Gazeta.uz"ga yana bir tarbiyalanuvchining onasi maktabda, uning fikricha, haqiqatdan ham zo‘ravonlik holatlariga yo‘l qo‘yilishini ma’lum qildi.

Muxbir uch marotaba maktab direktori Shuhrat Sadinov bilan bog‘lanishga harakat qildi, biroq u qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.