2018 yilning 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Anvar Abduhalimov Toshkent shahridan Maskat shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida ishlagan.