Futbol bo‘yicha Misr terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiylik qiladi, deya xabar qildi «Xalq so‘zi» vaziyatdan xabardor axborot manbasiga tayangan holda.

Xabarda qayd etilishicha, Futbol assotsiatsiyasi Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati-2018 ga chiqqan, biroq musobaqaning guruh bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagan Misr sobiq bosh murabbiyi bilan kelishuvga erishgan. Yaqin soatlarda rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.

62 yoshli Ektor Kuper nomzodiga qadar O‘FA Eron murabbiyi Karlush Keyrush bilan og‘zaki kelishuvga erishganбўлса, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini va Xorvatiya termasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich bilan muzokaralar olib borgan edi.

Ektor Kuper murabbiylik faoliyati davomida «Malorka» (Ispaniya), Valensiya (Ispaniya), «Inter» (Italiya), «Real Betis» (Ispaniya), «Parma» (Italiya), Gruziya terma jamoasi va boshqalarga rahbarlik qilgan.