Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan fuqaro M.Z. «qizil» yo‘lak orqali qiymati 62 mln so‘m bo‘lgan 413 gramm zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasida qayd etmagan holda olib chiqib ketayotganda to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

«Istambul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yiga uchib kelgan fuqaro N.L. esa qiymati 39 mln so‘mdan ortiq 186,6 gramm zargarlik buyumlarini O‘zbekistonga yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganda ushlandi.

Har ikki holatda bojxonachilar qonunbuzarlardan umumiy qiymati 101 mln so‘mlik, qariyb 600 gramm zargarlik buyumlarini ashyoviy dalil sifatida olib qo‘ydi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.