Bosh prokuratura va Xalq ta’limi vazirligi Samarqanddagi alohida saqlash sharoitlari, tarbiya va ta’limga muhtoj o‘g‘il bolalar uchun 64-ixtisoslashgan maktabdagi vaziyatni o‘rganmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura va XTV matbuot xizmatlari «Gazeta.uz"ga.

Tarbiyalanuvchilardan birining onasi Muhabbat Mirzayeva tahririyatimizga murojaat qilib, maxsus maktab rahbariyati tizimli ravishda bolalarni kaltaklab, ularga jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazgani, dars va mashg‘ulotlarni o‘tkazmasdan, ularni og‘ir jismoniy mehnatga jalb qilib kelgani, yomon ovqatlantirgani va tez-tez och qoldirganini ma’lum qilgan edi.

Ayni paytda vaziyat Bosh prokuratura va Samarqand viloyat prokuraturasi rahbariyatining shaxsiy nazoratiga olingan, o‘rganishlar boshlangan. Muhabbat Mirzayeva Bosh prokuraturaga tashrif buyurgan, unga rejalashtirilayotgan harakatlar bo‘yicha ma’lumot berilgan.

Xalq ta’limi vazirligi esa vaziyatni joyida o‘rganish uchun XTV va huquqni muhofaza qilish organlari vakillaridan iborat ishchi guruhini shakllantirdi.

Muhabbat Mirzayeva «Gazeta.uz"ga shanba kuni uning o‘g‘li Elmurodni direktor yana urgani, uni tushuntirish xati yozishga, xatda tilxatni tarbiyachining bosimi bilan yozishga majbur bo‘lganini yozishga majburlaganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, psixologlar tarbiyalanuvchilar uchun so‘rovnoma tayyorlab, ularga hech kim urmagani va yaxshi ovqatlantirayotganini ko‘rsatishga majburlangan.