Toshkent shahrining Olmazor tumanida 21 iyul kuni Toshkent viloyatida yashovchi E.I. «Matiz» rusumli avtomashinani Qoraqamish 2/3-dahasi oldida haydab ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodalar F.X. va R.L. ismli ayollarni urib yuborgan.

O‘zbekiston IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur voqea natijasida F.X. jarohat olib voqea joyida, R.L. esa kasalxonada vafot etgan.