2018/2019 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim yo‘nalishida IIV akademiyasiga qabul jarayonida test sinovlari o‘tkazilmadi. Buning o‘rniga maxsus professional tanlov va individual suhbat tashkillashtirildi. Bu O‘zbekiston prezidentining 2017 yilning 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Akademiyaga nomzodlarni tanlash, qabul va ta’lim tizimi haqida tushuntirish berishi uchun ishchi guruhlar tuzildi. Turli hududlarda o‘tkazilgan uchrashuvlar mahalliy televideniye orqali yoritildi.

IIV akademiyasiga o‘qishga qabul qilish uch bosqichda amalga oshirildi: boshlang‘ich va maxsus professional tanlov hamda individual suhbat o‘tkazildi.

Boshlang‘ich tanlov O‘zbekiston IIV, Qoraqalpog‘iston IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazildi. Ular umumiy hisobda 20 mingdan ko‘proq nomzodni sinovdan o‘tkazishdi va maxsus professional tanlovga 9250 nafar nomzod o‘tkazildi.

Maxsus professional tanlov o‘z ichiga harbiy-tibbiy komissiyadan o‘tish, yozma ish, umumiy jismoniy tayyorgarlik va chet tilini bilish darajasi kabi bosqichlarni qamrab oldi. Shu tariqa individual suhbatga 4000 kishi o‘tdi.

Tanlov jarayonida har bir ichki ishlar hududiy boshqarmalaridan kuzatuvchilar, shuningdek vazirlik va tashkilotlar bilan kelishgan holda tanlangan malakali mutaxassislar ishtirok etdilar.

Tanlov jarayoni video tasvirga olindi. Yozma ish, umumiy jismoniy tayyorgarlik va chet tilini bilish darajasi bo‘yicha olingan baholar nomzodlarning maxsus shaxsiy kartochkasiga yozib borildi.

IIV akademiyasiga 633 kishi qabul qilindi.