Makaoda dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur turnirning ahamiyatli tomoni shundaki, unda Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolari o‘ynaladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh sportchilar ham ishtirok etishmoqda. E’tiborlisi, bahslarda qatnashgan to‘rt nafar dzyudochining barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Jayhunbek Nazarov (-66kg) oltin, Maqsud Ochilov (-55kg) bronza, qizlar o‘rtasida esa Nilufar Yermagambetova (-52kg) va Sita Qadambayeva (-48kg) oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

E’tiborlisi, ayni paytda Sita Qadambayeva va Nilufar Yermagambetova o‘z vazn toifalarida jahon reytingida birinchi o‘rinda ketmoqda.