Urganch aeroporti yopiqligicha qolmoqda, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi reyslarni Urganch o‘rniga Nukusdan amalga oshiradi. 21-iyul uchun jadval.

Urganchdan/ga HY051/052 reyslari bekor qilindi.

  • HY051 Toshkent-Urganch reysi chiptalariga ega yo‘lovchilar Nukusga 7:00 dagi HY011 reys bilan jo‘natiladi.
  • Urganchdan uchishi kerak bo‘lgan HY052 reysi yo‘lovchilari Toshkentga 9:25 dagi HY012 reysi bilan jo‘natiladi.

Urganchdan/ga HY053/054 reyslari bekor qilinadi.

  • HY053 Toshkent-Urganch reysi chiptasiga ega yo‘lovchilar 19:30 da HY017 reysi bilan Nukusga jo‘natiladi.
  • HY054 reysi chiptasi bilan Urganchdan Toshkentga otlangan yo‘lovchilar HY018 reysi bilan 21:55 da Samarqandga oraliq qo‘nish orqali parvoz qiladi.

Urganchdan/ga HY057/058 reyslari bekor qilinadi.

  • HY057 Toshkent-Urganch reysi chiptasiga ega yo‘lovchilar 19:30 da Nukusdan HY017 reysi orqali jo‘natiladi.
  • HY058 reysi chiptasi bilan Urganchdan Toshkentga otlangan yo‘lovchilar HY018 reysi bilan 21:55 da Samarqandga oraliq qo‘nish orqali parvoz qiladi.

Jadvalga o‘zgartishlar kiritilishi mumkin. Kompaniya vaqtinchalik noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.

Yuqorida sanab o‘tilgan reyslar chiptalariga ega yo‘lovchilar parvozga avval rasmiylashtirilgan aviachiptalar bo‘yicha qo‘shimcha yig‘imlarsiz qabul qilinadi.

Urganchgacha chiptaga ega yo‘lovchilarga Urganch aeroportigacha avtobus qatnovi taqdim etiladi.

Urganchdan uchuvchi yo‘lovchilarga Nukus aeroportiga avtobus bilan o‘z vaqtida yetib borish uchun Urganch aeroportiga parvozga eng kamida 4 soat qolganda kelishlari lozim.

Reyslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompaniya rasmiy sayti va Telegram-kanalida e’lon qilinadi. Ma’lumotlar uchun telefon: (+99871) 140−02−00.