Hukumatning 2018 yil 18 iyuldagi qarori bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha mazkur ro‘yxatda 66 ta tashkilot mavjud edi.