Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumani «Choshtepa» MFY hududida chet ellik investorlar ishtirokida bunyod etilayotgan 72 ta 7 qavatli uyning qurilish maydoniga tashrif buyurdi vamazkur uylar loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat shu singari uylarni boshqa joylarda ham qurish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.