Professional ringda faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov 22 iyul kuni tongda AQSHda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu jangda superog‘ir vaznli bokschiga amerikalik Kurtis Xid raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Xid bungacha professional boksda oltita jang o‘tkazgan va ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (3 tasi nokaut bilan). Ikkita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Bahodir esa professional ringdagi debyutini may oyida nishonlagan va o‘shanda meksikalik Ugo Truxiloni texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

«Jangga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etildi. Ishonch bilan ayta olamanki, bahsga tayyorman. Ringga faqat bitta maqsad bilan chiqaman — g‘alaba qozonish! O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchiman», — dedi Bahodir Jalolov MOQ matbuot xizmati bilan suhbatda.