O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida"gi farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi komissiyasi faoliyatini boshladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

«Yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqishda siz hurmatli tadbirkorlar va fuqarolarimizning fikr va takliflari biz uchun juda ahamiyatli.

Har bir masalani sizlar bilan ochiq muloqatda ko‘rib chiqish uchun Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytida «Soliq kodeksini birgalikda yozamiz» nomli maxsus veb-sahifa ochildi. Faol ishtirokingizni kutamiz", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Veb-sahifa orqali kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqish, Ishchi guruhiga taklif etish uchun har bir taklif yo‘llovchi shaxs o‘zi bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qoldirishi maqsadga muvofiq.