FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazining xabarida aytilishicha, 2018 yilning 19−21 iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Xabarda jumladan shunday deyiladi: “Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147−10−50 “Tezkor raqam"iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”.