O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yaqinda bo‘lb o‘tgan navbatdagi majlisida parlament quyi palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqdagi qaror deputatlar tomonidan 2018 yil 14 iyulda qabul qilindi, deya xabar berdi Qonunchilik muammolari instituti Facebook-sahifasida.

Jumladan, O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Xakimov Raxim Rasuljonovich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, Abdusattarov Tulkin Sayfullayevich Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Xodjayeva Mavludaxon Islamovna Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, Qirg‘izboyev Abdugappor Karimjonovich Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi.