29 iyul kuni Toshkent hokimiyati shahar festivallari seriyasini boshlaydi, deya «Gazeta.uz"ga xabar berdi poytaxt ma’muriyati.

Ulardan birinchisi Chilla Fest bo‘lib, u poytaxtning beshta: «Lokomotiv», «Anhor-Lokomotiv», Central Park, Abdulla Qodiriy nomidagi va Green Park bog‘larida bo‘lib o‘tadi.

Chilla Fest dasturi turli yoshdagi oila auditoriyasiga mo‘ljallangan. Amaldagi attraksionlar yoniga tashkilotchilar tomonidan axborot-ko‘ngilochar zonalar, art-ob’ektlar va raqs-vokal guruhlarining chiqishlari tashkillashtiriladi.

Chilla Fest Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zi bilan ochiladi. U atrof-muhitni o‘zgartirish rejalari bilan o‘rtoqlashadi va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi loyihalar haqida ma’lumot beradi.

«Biz shahar aholisi bir kunga ishini unutishini va uni o‘zining eng qadrli va eng yaqin odamlari — oilasi bilan o‘tkazishlarini istaymiz. Toshkent o‘zgarmoqda, yanada yaxshilanadi, chiroyli, qulay va ochiq bo‘lishga intiladi. Ob-havo sharoiti va bog‘lar infratuzilmasi poytaxtda ochiq osmon ostida ommaviy ko‘ngilochar dastur tashkillashtirishga imkon beradi, — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Toshkent hokimiyati o‘z navbatida homiylarni hamkorlikka chorlaydi. Xohlovchilar festivalda o‘z kompaniyasi zonasini tashkil qilishi, oziq-ovqat va ichimliklar savdosi uchun nuqtalar tashkillashtirishi, tadbirni o‘tkazishda yordam berishi va bog‘lardagi yirik sahnalarda chiqish qilishi mumkin. Buning uchun hokimiyatning rasmiy hamkori bo‘lgan Unique Present Media Holding kompaniyasiga murojaat qilishlari zarur. Telefon: (+99871) 150−84−84 (ichki 2); elektron pochta: info@upc.uz.