“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Urganch” aeroporti vaqtincha yopilgani munosabati bilan 17-iyul kuni Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarga o‘zgartishlar kiritilgani haqida xabar qildi.

17-iyuldagi qatnovlar jadvali

  • HY051 reysi Urganch o‘rniga Nukusga 8:30 da uchadi, Nukusga qo‘nish — 10:15 da.
  • HY052 reysi Urganch o‘rniga Nukusdan 11:10 da uchadi, Toshkentga qo‘nish — 12:45 da.
  • HY057 reysi Urganch o‘rniga Nukusga 16:40 da uchadi, Nukusga qo‘nish — 18:45 da.
  • HY058 reysi Urganch o‘rniga Nukusdan 19:05 da uchadi, Buxroga qo‘nish — 20:25 da, Buxorodan uchish — 21:05 da, Toshkentga qo‘nish — 22:10 da.

Yuqorida ko‘rsatilgan Toshkent-Urganch-Toshkent, Urganch-Buxoro yoki Buxoro-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha uchuvchi yo‘lovchilar parvozga avval rasmiylashtirilgan aviachiptalar bo‘yicha qo‘shimcha yig‘imlarsiz qabul qilinadi.

Urganchgacha chiptaga ega yo‘lovchilarga Urganch aeroportigacha avtobus qatnovi taqdim etiladi.

Urganchdan uchuvchi yo‘lovchilarga Nukus aeroportiga avtobus bilan o‘z vaqtida yetib borish uchun Urganch aeroportiga parvozga eng kamida 4 soat qolganda kelish so‘ralmoqda.

Reyslar jadvaliga o‘zgartishlar kiritilishi mumkin. Kompaniya yo‘lovchilardan rasmiy sayt va Telegram-kanal orqali yangiliklarni kuzatib borishni so‘ramoqda. Ma’lumotlar uchun telefon: (+99871) 140−02−00.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” yo‘lovchilardan noqulaylik uchun uzr so‘rab, kompaniya rahbariyati “Urganch” aeroporti ish faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishini ma’lum qildi.