Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7−14 iyul kunlari Toshkentda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 13 medalga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (PDF).

Erkaklar va ayollar terma jamoasi yettita oltin, uchta kumush va uchta bronza medalga ega bo‘lgan holda umumjamoa hisobida tegishlicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

16 yoshli Kumushxon Fayzullayeva ayollar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan ilk sportchiga aylandi. 63 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda bahslarga kirishgan Fayzullayeva 15 sportchi orasida ikki oltin va bitta bronza medalga ega bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 94 kg (bronza), siltab ko‘tarishda 120 kg (oltin), umumiy hisobda 214 kg (oltin) natijani qayd etdi.

90 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Dolera Davronova ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. U dast ko‘tarishda 97 kg, siltab ko‘tarishda 128 kg (oltin), umumiy hisobda 225 kg (oltin) natijani qayd etdi.

105 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Akbar Jo‘rayev chempionatning kumush medaliga ega bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 167 kg, siltab ko‘tarishda 167 kg (kumush), umumiy hisobda 369 kg (kumush) natijani qayd etdi.

Ayollar o‘rtasida Tursunoy Jabborov 75 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda bronzani qo‘lga kiritdi. U dast ko‘tarishda 97 kg (bronza), siltab ko‘tarishda 116 kg, umumiy hisobda 212 kg natijani qayd etdi.

Sal ilgari Adhamjon Ergashev 62 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda uchta oltin medalga ega bo‘ldi.