16 iyul kuni Hindistonning Metric Ventures kompaniyasi ta’sischi-direktori Rashmi Ranjan bilan Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev o‘rtasida to‘rt yulduzli mehmonxona qurilishi uchun yer ajratilishi masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mehmonxona barcha talablarga javob beruvchi hamda to‘liq chet el kapitali asosida qurilishi belgilangan. Qurilishi rejalashtirilayotgan mehmonxona uchun Buxoro shahrining «Sitorai Mohi-Xossa» ko‘chasidan 1,75 gektar yer maydoni ajratildi.

Shuningdek, mazkur kompaniya Buxorodan tashqari, Samarqand va Toshkentda mehmonxonalar, yurtimizning boshqa viloyatlarida esa 1000 gektargacha bo‘lgan maydonda intensiv bog‘lar qurishni ham rejalashtirishyapti.