O‘zbekistonlik bokschilar Fazliddin G‘oyibnazarov, Shaxram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev AQSHda professional ringdagi navbatidagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fazliddin G‘oyibnazarov (5−0−0, 2 KO) Yangi Orleandagi boks kechasida amerikalik Kevin Jonsonga (5−1−0, 2KO) qarshi ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘ldi (78:74, 78:74, 78:74).

Shaxram G‘iyosov (3−0−0, 2 KO) Los-Anjelesdagi boks shousi doirasida meksikalik Deniyel Echeverriaga (19−6−0, 17 KO) ringga ko‘tarildi. Buxoro vakili birinchi raundning o‘zidayoq raqibining gavda qismiga kuchli zarba berib, nokautga uchratdi.

Murodjon Ahmadaliyev (3−0−0, 2KO) ham xuddi shu ringda argentinalik Luis Molina (7−5−1, 2 KO) bilan jang qildi. Olti raundlik bahsda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi (59:53, 59:53, 59:53).