O‘zbekiston Afg‘onistonga ikki davlat o‘rtasida erkin savdo tartibini o‘rnatish masalasida ishlarni boshlashni taklif qilmoqda. Bu haqda 17 iyul uni O‘zbekiston tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida so‘z bordi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuv maqsadi — mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarda rivojlanish va hamkorlikni muhokama qilishdan iborat.

Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonni to‘qimachilik sanoatini tiklash va rivojlantirishda, xususan, tajriba va kadrlar tayyorlashda yordam berishga umid bildirdi.

O‘zbekiston tomoni bir qator takliflar kiritdi, ular orasida afg‘onistonlik sarmoyadorlarni davlat-xususiy sektor hamkorligi prinsipi asosida jalb qilish, shuningdek, chegara savdo zonasini tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

2017 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 19 foizga oshib, 617,1 million dollarni tashkil etdi.