«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Urganch xalqaro aeroportining texnik sabablar va harorat rejimi bo‘yicha 16 iyuldan vaqtincha yopilishini xabar qildi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Urganch aeroportidan amalga oshirilayotgan reyslar Nukus va Buxoro aeroportlariga ko‘chirilgan.

Havo bandargohi faoliyati texnik ishlar yakuniga yetganidan so‘ng qayta yo‘lga qo‘yiladi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilardan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.