15 iyuldan Toshkentda yer usti analog teleeshittirishlar efiri to‘xtatildi. Yil oxiriga qadar u butun O‘zbekiston bo‘yicha to‘xtatildi.

Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi xabariga ko‘ra, bunga qadar Toshkent shahri va viloyati aholisiga Toshkent teleminorasida o‘rnatilgan analog uzatkichlar orqali analog formatida «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Sport» va «Toshkent» telekanallari dasturlari efiri tarqatib kelingan.

O‘tgan yilning iyulida hukumat qarori bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, 15 yanvardan Andijon, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlari, 15 apreldan Sirdaryo viloyati, 15 maydan Jizzax viloyati, 1 iyundan Samarqand viloyati, 15 iyundan Buxoro va Navoiy viloyatlari, 1 iyuldan Xorazm viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog formatdagi teledasturlar efiri to‘liq to‘xtatildi.

Mamlakatdagi yirik raqamli teleeshittirishlar provayderi hisoblangan UZDIGITAL TV 16 iyuldan 14 avgustga qadar 1:00 dan 12:00 ga qadar reja bilan profilaktika ishlarini olib boradi, bu vaqtda telekanallar efiri to‘xtatiladi (jadval).