9−15-iyul kunlari O‘sh shahrida (Qirg‘iziston) Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Muzokaralar chog‘ida 2−7-iyul kunlari O‘zbekistonning Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlarda joylashgan uchastkalarda o‘tkazilgan qo‘shma dala tekshiruvlarining yakunlari ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma dala tekshiruvlari natijasida ikki hududdan, jumladan G‘ova uchastkasi va qisman G‘ovasoydan o‘tuvchi chegara chizig‘i belgilandi.