16 iyul kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari, yetakchi iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari o‘rin olgan delegatsiyalarga boshchilik qilayotgan hukumat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, avvalo oliy darajada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qiladilar.