Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limida yangi boshliq tayinlandi. Bu lavozimda endilikda Farhod Eshboyevich Jo‘rayev faoliyat ko‘rsatadi, deya xabar beradi IIV matbuot xizmati. U shu lavozimda ishlagan Ilyos Abduqahhorovning o‘rnini egalladi.

Kattaqo‘rg‘on IIB xodimining ayol kishini tahqirlagan holatda video tasvirga olgani ma’lum bo‘lgach, ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgandi. Garchi hodisa iyun oyi boshida yuz berganiga qaramay, u oradan bir oy o‘tib, videorolik e’lon qilingach ma’lum bo‘ldi.

IIB xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, rahbariyat ustidan esa xizmat tekshiruvi boshlangan edi.