Rossiyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Final bahsida Fransiya Xorvatiya ustidan g‘alaba qozondi va ikki karra mundial g‘olibi bo‘ldi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida Manjukich o‘z darvozasiga gol kiritib, fransuzlarning hisobda oldinga chiqishiga sababchi bo‘ldi. 28-daqiqada Perishich farqni tenglashtirdi.



38-daqiqada hakam yana bir bor takroriy lavhaga ko‘ra penalti belgiladi va Grizmann Fransiyani oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi taymda Pogba va Mbappe gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 69-daqiqada Manjukich endi raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahs oxiriga qadar jamoalarda bir qator imkoniyatlar bo‘lganiga qaramay, hisob o‘zgarmadi.

Fransiya — Xorvatiya 4:2 (2:1, 2:1)

Gollar: 1:0 — 18, avtogol Manjukich, 1:1 — 28 Perishich, 2:1 — 38, penalti Grizmann, 3:1 — 59 Pogba, 4:1 — 65 Mbappe, 4:2 — 69 Manjukich.

Fransiya — Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante (Nzonzi, 55), Pogba, Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81), Mbappe.

Xorvatiya — Subashich, Lovren, Strinich (Pyatsa, 81), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Kramarich, 71), Manjukich.

Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).