O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarning qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlaridan so‘ng Toshkent viloyati Sud-ekspertiza byurosi boshlig‘i Muhamadali Haydarovni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar berdi.

Murojaatlardan so‘ng SSV byuroda xizmat tekshiruvini o‘tkazdi. O‘rganishlar natijasida oylik ish haqi to‘lovlari va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar noto‘g‘ri hisob-kitob qilingani va to‘langani aniqlandi.

Ekspertizalar o‘tkazish va xulosalarni tayyorlashda yaroqsiz tibbiy uskunalardan foydalanilgan.

To‘plangan ma’lumotlar aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi.