O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Xalqaro boks federatsiyasi prezidenti v. b. G‘afur Rahimov qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan chiqarildi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasi.

Iyundan Ichki ishlar vazirligi 67 yoshli G‘afur-Arslonbek Rahimovga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi. IIV saytida u Jinoyat kodeksining 165- modda 2-qism «a» bandi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va 228-modda 3-qismida (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgani xabar qilingan edi.

Bosh prokuratura qarori bilan G‘afur Rahimov sirtdan qamoqqa olish ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxatga o‘zgartirildi. Axborot manbasining xabar qilishicha, G‘afur Rahimov yashash joyi noma’lum qolgani sababli sirtdan qamoqqa olish chorasi bilan qidiruvga berilgan edi.

G‘afur Rahimovning o‘zi tergov bilan hamkorlik qilish tashabbusini bildirgan, natijada ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, O‘zbekistonga kirishga taqiq bekor qilingan, dedi axborot manbasi.

2017 yil dekabrida AQSH Moliya vazirligi xorijiy aktivlar ustidan nazorat bo‘yicha departamenti (OFAC) «Qonundagi o‘g‘ri» Yevroosiyo transmilliy jinoiy tashkilotga qarshi kurash doirasida G‘afur Rahimovni sanksion ro‘yxatga kiritgan edi.

1 may kuni AIBA rahbari AQSH Moliya vazirligiga murojaat qilib, o‘z ism-sharifini sanksion ro‘yxatdan chiqarishni so‘rab murojaat qilgan. G‘afur Rahimov bayonotida hech qachon he qanday uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqada bo‘lmagani va unga hech qachon ayblov e’lon qilinmagani va ayniqsa dunyoning biror davlatida qandaydir jinoyatda aybdor deb e’lon qilinmaganini ta’kidlagan edi.

G‘afur Rahimov 1998 yildan buyon AIBA Ijro qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi. 2001 yildan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan, 2005 yilda ushbu lavozimga qayta saylangan, 2012 yilda MOQ fuqaroligi o‘zgargani munosabati bilan uning vakolatini muddatidan oldin tugatgan. Milliy boks federatsiyasi ham G‘afur Rahimovga nisbatan ushbu qarorni qabul qildi.