«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 14 va 15 iyul kunlari Parij-Moskva-Parij yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlarini amalga oshiradi.

MAK matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, kompaniya futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasining 480 nafar muxlisini tashiydi.

Xuddi shu kunlari «O‘zbekiston havo yo‘llari» Zagreb-Moskva-Zagreb yo‘nalishi bo‘yicha ham qatnovlarni amalga oshiradi. 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati finaliga 480 nafar Xorvatiya terma jamoasi muxlisini tashiydi.

Reyslarni Boeing 767 samolyotlarida amalga oshirish rejalashtirilgan.