Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionati tobora o‘z yakuniga yetib boryapti. Bugun Belgiya va Angliya terma jamoalari 3-o‘rin uchun bahs yuritishdi.

Ta’kidlash o‘rinli, mazkur jamoalar guruh bosqichida bir kvartetdan joy olishgandi. O‘sha uchrashuvda kichik hisobda g‘alaba qozongan belgiyaliklar yana bir bu ishni uddalashdi.

Bahsning 4-daqiqasida Mene hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Azar tomonidan kiritilgan gol g‘alabani mustahkamladi.

Yana bir muhim jihat, Belgiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta jahon chempionatlari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Belgiya — Angliya 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 — 4 Mene, 2:0 — 82 Azar. Belgiya — Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Mene, Tilemans (Dembele, 78), Vitsel, Shodli (Vermalen, 39), de Bryuyne, Azar, Lukaku (Mertens, 60).

Angliya — Pikford, Jons, Stounz, Maguayr, Dayer, Tripper, Rouz (Lingard, 46), Loftus-Chik (Alli, 84), Delf, Keyn, Sterling (Reshford, 46).

Ogohlantirishlar: Stounz (52), Maguayr (76), Vitsel (90).

Video