O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyul kuni Chernogoriya Respublikasi prezidenti Milo Jukanovichni milliy bayram — Davlatchilik kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vikikpediya ma’lumotlariga ko‘ra, Davlatchilik kuni — yaqingacha Chernogoriyada yagona davlat bayrami bo‘lgan. 1878 yil 13 iyuldagi Berlin kongressida Chernogoriya mustaqilligi tan olingan.

Bundan tashqari 1941 yil 13 iyulda Chernogriya o‘z hududini 1941 yilning aprelida bosib olgan italiyaliklarga qarshi kurasha boshlagan.

Bu kunni ilgari Italiya boshqaruvidagi Yugoslaviyadan mustaqil bo‘lgan kun sifatida e’lon qilishgan.