O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandi, deya xabar qildi IIV sayti.

Mayor Safarov Jahongir Ismoilovich Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Mayor Alisherov Abdurashid Mahmudovich Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Narmatov Nuriddin Soatmurodovich IIV Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i etib tayinlandi.