12 iyul kuni Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasida telefon sotuvchilariga pichoq bilan jarohat yetkazgan Saidno‘mon Akbarovni ushlash chorasi ko‘rildi. Bu haqda Toshkent IIBB Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi habar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, muqaddam sudlangan Saidno‘'mon Akbarov “Malika” savdo majmuasi avtoturargohida o‘zaro janjal oqibatida telefonlar sotuvchilari X.S., A.A. va J.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Natijada olgan jarohatlari sababli X.S., A.A., J.M. kasalxonaga yotqizildi. Saidno‘mon Akbarovni esa ushlash choralari ko‘rilgan.

Toshkent IIBB Saidno‘mon Akbarovni ko‘rgan, u haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuarolardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni so‘radi.