Toshkentning Mirobod tumanidagi 9 qavatli uyning go‘zallik saloni band qilgan birinchi qavatida yong‘in kelib chiqdi, deya xabar qildi Toshkent IIBB «Gazeta.uz"ga.

Toshkent IIBB YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yong‘in haqidagi xabar 14:50 da kelib tushdi. Hodisa joyiga ikkita o‘t o‘chirish guruhi yetib bordi.

O‘t o‘chiruvchilarning aniqlashicha, Bell Klio go‘zallik saloni ustiga o‘rnatilgan soyabon yongan. Olov 2−7 qavatlardagi kvartiralar oynalariga shikast yetkazgan.

15:08 da yong‘in tarqalishiga chek qo‘yilib, 15:09 da to‘liq o‘chirilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.