Tadbirkorlar «Sayyohlik xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar» davlat standartiga kiritilgan o‘zgarishlar sharofati bilan xostellar tashkil etish va ularni yuritish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishlari mumkin. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xostelga alohida kirish, besh qavatdan baland binolarda lift va zaxira suvli idishlarning mavjud bo‘lishi, har bir tashrif buyuruvchi uchun muayyan maydon zarurligi kabi talablar bekor qilinib, xodimlarga bo‘lgan talablar sezilarli darajada qisqartirildi. Standartga kiritilgan o‘zgarishlar 10 iyuldan amalga tatbiq etila boshlandi.

Xostellar sayyohlarga mehmonxonalar bilan solishtirilganda arzon xizmatlarni taklif etadi. Odatda ular yirik shaharlarda diqqatga sazovor joylar va tarixiy ob’ektlar yaqinida, vokzal va avtobus stansiyalariga piyoda borishga qulay joylarda tashkil etiladi.