Voyaga yetmagan bolaning chet elga chiqishi uchun shahar va tuman xalq ta’limi boshqarmasiga borib anketa to‘ldirishi va ariza yozishi hamda shu orqali ruxsat olishi tizimi bekor qilindi. Endilikda anketaga umumta’lim muassasasining muhri qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ilgari O‘zbekiston maktablari yoki boshqa ta’lim muassasalarida o‘qiydigalar xorijga chiqish uchun ’alq ta’limi boshqarmasidan ruxsat olishi kerak edi. Bu esa vaqtni olardi va ortiqcha ovoragarchilikni yuzaga keltirardi.