Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi. Bunga qadar u Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Erkinjon Turdimov yangi lavozimga Samarqand viloyatini o‘tgan yilning iyunidan beri boshqarib kelayotgan Turobjon Ikromovich To‘rayev (1966 y. t.) o‘rniga tayinlandi. Ishdan bo‘shatilish sabablari ma’lum qilingani yo‘q. Viloyat hokimligi qabulxonasi ikki kundan beri javob berayotgani yo‘q.

Erkinjon Turdimov (1969 y. t.) 2016 yil dekabridan buyon Surxondaryo viloyatini boshqarib kelayotgan edi. U 2008−2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan. 1991−1995 yillarda O‘zsanoatqurilishbank hududiy bo‘limlariga rahbarlik qilgan, 1996 yilgacha Zarafshon hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Bahodir Po‘latov.

Surxondaryo viloyatiga joriy yil 16 yanvaridan Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlagan Bahodir Po‘latov hokim bo‘ldi.