Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan 55 nafar shaxsga Toshkent shahar IIBB reabilitatsiya markazida pasport topshirish marosimi o‘tkazildi, deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida. Umumiy hisobda 184 nafar kishining hujjatlari biometrik pasport olish uchun rasmiylashtirildi.

Pasport egalarini Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i -polkovnik Badriddin Shorixsiyev va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev tabrikladilar.

Sal ilgari IIBB saxovatli kishilarga murojaat qilib, hayotining og‘ir kunlarini boshdan kechirayotgan odamlarga yordam berishga chaqirgan edi. Boshqarmaning chaqirig‘iga Toshkent shahar hokimligi va «Sestri Materi Terezi» xristian tashkiloti javob qaytardi. Hokimiyat tomonidan kiyim-kechak, yotoq buyumlari, gigiyena mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va kir yuvish mashinasi keltirildi. Xristian tashkiloti vakillari esa kiyim-kechak olib kelishdi va bu ishni muntazam — bir haftada bir marta amalga oshirishga va’da berishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli tarzda muhokama qilingan bo‘lishiga qaramay, oddiy fuqarolar uysizlarga yordam ko‘rsatishda faollik ko‘rsatmadilar, deyiladi xabarda.

«Uysiz, yashash uchun zarur narsalarsiz qolgan odamlarning normal hayot tarziga qaytishlari uchun qo‘llab-quvvatlash zarur. Bu harakat birinchi navbatda ishga joylashish, ma’naviy va ruhiy tomondan qo‘llash bilan bog‘liq. Agar Markazda ommaviy-madaniy tadbirlar — konsertlar, adabiyot kechalari, kichik-spektakllar, shuningdek individual yoki ommaviy psixologik treninglar o‘tkazishni istovchilar bo‘lsa, Toshkent shahar IIBB ularga bunday imkoniyatni havo qilishdan faqat xursand bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Reablitatsi markazi bu yerdagi odamlar uchun yangi yoki yaxshi holatda bo‘lgan kiyimlar, gigiyena vositalari (sovun, shampun, kir yuvish vositasi, tish cho‘tkasi va pastasi, taroqlar, sochiq), uzoq muddat saqlanishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (don mahsulotlari, tuz, shakar, o‘simlik yog‘lari va hokazo), hordiq chiqarish uchun stol o‘yinlari va kitoblar qabul qiladi.

Markaz manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Chashma ko‘chasi, 3-uy. Telefonlar: 367−07−08 — markaz rahbari Odil Botirov, 290−04−75 — markaz rahbari o‘rinbosari Shuhrat Baratov.