Poytaxtda 1970 yili 1966 yilgi Toshkent zilzilasi xotirasiga bunyod etilgan «Jasorat» yodgorligi qarshisidagi maydon rekonstruksiyadan so‘ng ochildi. Bu haqda shahar hokimiyati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.Maydonga yangi chiroqlar, o‘rindiqlar o‘rnatilib, gullar ekildi, yodgorlikka eltuvchi zinalar va alohida daraxtlar ham yoritilmoqda.

Bronza yodgorlik ham restavratsiya qilinib, yorqin tus berilgan. Maydon qarshisidagi piyodalar yo‘lagi qizil rangga bo‘yalgan.

Hokimiyat xabarida qayd etilishicha, yodgorlik va maydon fuqarolarning O‘zbekiston prezidentiga qilgan murojaatlari hisobga olinib, davlat rahbari tashabbusi bilan rekonstruksiya qilindi.