Toshkentning Yunusobod tumani, 15-dahasida joylashgan Crystal supermarketida bugun yong‘in sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in ifodalangan fotosurat va vidoyozuvlar tarqadi.

Ta’kidlash o‘rinli, mazkur yong‘in natijasida paydo bo‘lgan qora tutun shaharning uzoq tumanlarida ham ko‘rindi. Videoyozuvlarda o‘t o‘chirish mashinalarining katta kuch bilan yong‘inni bataraf etishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.