Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida yashovchi Sh. B. 11 iyul kuni Ellikqal’a tumanida o‘z boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinani «Bo‘ston-Beruniy-Cholish-Urganch» yo‘lining 3-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, Beruniy shahrida yashovchi O.S. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Neksiya» va «Kobalt» avtomashinasining haydovchilari olingan jarohat natijasida voqea joyida, yo‘lovchilari I.Z., M.M. va Z.J. esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, «Neksiya» avtomashinasining yana bir nafar yo‘lovchisi N.V. kasalxonaga yotqizilgan.