O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi 2019-yil 1-maygacha davom etadi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Buning uchun fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari lozim:

  • -ariza;
  • -pasport;
  • -oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi taqdim etiladi.

Mulkka egalik huquqi quyidagi holatlarda berilmaydi:

  • -imorat turar joy qurish mumkin bo‘lmagan maydonlarda qurilgan bo‘lsa;
  • -shaharsozlik normalari, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini buzsa, yohud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa.

2018-yil 20-apreldan so‘ng o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi berilmaydi. Aksiya muddati tugagach, bunday imoratlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.