Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasining prezidenti lavozimiga tayinlandi. Deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Shu kungacha mazkur vazifani «O‘zavtotexxizmat» kompaniyasi boshqaruvi raisi Botirxo‘ja Sidiqov bajarib kelgan.

Azim Ahmadxo‘jayev fevraldan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini boshqarib kelmoqda.