Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson iste’foga chiqdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Mazkur iste’fo bir sutka davomida Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish masalalari bo‘yicha vaziri Devid Devisdan keyin Vazirlar mahkamasidagi ikkinchi iste’fo bo‘ldi.

Ikkala ishdan bo‘shatilish holati ham Brexit’ga yondashuv borasida hukumatdagi kelishmovchiliklar kuchaygani bilan bog‘liq. Boris Jonson va Devid Devis «qattiq Brexit» tarafdori edi. Boris Jonson TIV rahbari lavozimini 2016 yilning iyun oyida egallagan edi.

Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish rejasi 6 iyul kungi qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng qabul qilindi. U «yumshoq Brexit"ni nazarda tutadi: Yevropa Ittifoqi bilan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun erkin savdo zonasini yaratish va Britaniya chegaralarida YeIning bojxona standartlarini saqlab qolish.

Ushbu strategiyaga qarshi chiqqanlar, jumladan Boris Jonson ham ushbu shartlar Londonni YeIga qaram qilib qo‘yishini va Bryusselda qabul qilinadigan qarorga Buyuk Britaniyaning ta’sir o‘tkazishdan mahrum qilishini bildirishgandi.

Yangi tashqi ishlar vaziri etib shu paytgacha sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib ishlab kelgan Jeremi Hant tayinlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga esa Mett Henkok o‘tkazildi. Raqamli te’nologiyalar, madaniyat, OAV va sort vaziri etib Angliya va Uels bosh prokurori Jeremi Rayt tayinlandi.