11 iyul kuni O‘zbekistonda anomal issiq havo saqlanib qoladi. «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, oxirgi yillardagi ko‘rsatkichdan 5−7 gradusga baland bo‘ladi.

Kunduzi havo harorati 40−43 gradusgacha isiydi. Janubda esa 44−45 gradusgacha chiqishi kutilmoqda.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida quruq va issiq shamol bo‘lishi ehtimoli bor.

11 iyul kuni havo haroratining tobora isib borayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida Tojikiston va Qirg‘izistondan qor ko‘chishi mumkin.

Uchinchi va oltinchi sutkalarda (12−15iyul) havo haroratining pasayishi kutilmayapti.