O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishlariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va to‘rtta viloyat davlat soliq boshqarmalarining rahbarlari tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Babajanov Davronbek Jumamuratovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinladi.

G‘oyibov Jo‘rabek Raxmonberdiyevich Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Igambergenov Kudratbek Kadambayevich nomzodi tasdiqlandi.

Shuningdek, Ashurov Sherzod Raximovich Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Axmedov Shodiyor Eshmuratovich esa Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.