O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sobit Tursunov Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Avtomobil avariyasi 7 iyul kuni sodir bo‘lgan. Sobit Tursunov norasmiy taksida suv ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatiga xizmat safariga ketayotgan bo‘lgan.

Sobit Tursunov 1973 yilda tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini (1994) va prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini (2012) tamomlagan. Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo qo‘mitasi a’zosi edi.