O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida ro‘y bergan suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va talafotlar yetgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

NHK telekanalining ma’lum qilishicha, tinimsiz yog‘ingarchiliklar va ular keltirib chiqargan ko‘chki hamda suv toshqinlari sababli Yaponiyada eng kamida 85 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 6 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda, qariyb 60 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.